Yoshlar festivalida taniqli bokschi Isroil Madrimovga yer maydoni sovgʻa qilindi

13:28 29 May 2021 Jamiyat
578 0

Yoshlar festivali doirasida Xiva shahrida viloyatning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan yigit-qizlar ishtirokida yakuniy gala-konsert oʻtkazildi.

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov va Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev festival ishtirokchilarini samimiy tabriklab, namunali yoshlar yetakchisiga ikki xonali uy, taniqli bokschi Isroil Madrimovga boks maktabi qurish uchun yer maydoni, sportsevar yoshlarga “street workout” maydonchasi qurish uchun 300 million soʻm pul mablagʻi, Yoshlar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasiga yoshlar sayohatlarini tashkil qilish uchun “Golden Dragon” avtobusini sovgʻa sifatida topshirdilar.

Odilbek Odamboyev,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?