Yoshlar — davlat va jamiyat hayotida katta kuch

Foto: Xalq so‘zi
Hududlarda hukm surayotgan, bevosita aholi turmush sharoitini yaxshilashga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan muammolarni bartaraf etishda yoshlar faolligini qanday taʼminlash mumkin? “Mahalla” xayriya jamoat fondi Andijon viloyat boshqaruvi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi tadbirda ayni shu masala oʻrganildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Andijon viloyati hududiy boʻlinmasi boshligʻi Farhod Otaxonov Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan “Yoshlarning maʼnaviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oshirish” mavzusidagi beshinchi davlat granti haqida maʼlumot berdi.
— Davlatimiz va jamiyatimiz hayotida yoshlar katta kuch, — deydi F. Otaxonov. — Ularni yurtimizdagi oʻzgarishlarga, islohotlarga, mavjud muammolarni bartaraf etishga jalb etish orqali ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish mumkin. Buning uchun mahalla tizimida ishlayotganlardan alohida tashabbuskorlik talab etiladi.
Tadbirda qatnashgan “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar va tuman boʻlinmalari xodimlari kelgusida oʻz manzillarida nuroniy va yoshlar hamkorligini tashkil etish, nogironligi mavjud boʻlgan va ehtiyojmand yoshlarning jamiyatdagi faolligini taʼminlash, yigit-qizlarni zamonaviy va anʼanaviy kasb-hunarlarga yoʻnaltirish kabi sohalarda bajarilishi muhim boʻlgan vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring