“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga koʻrsatiladigan ayrim yordam turlari

11:21 02 Oktyabr 2022 Jamiyat
490 0

Foto: Arxiv surat

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga quyidagi yordam turlari koʻrsatiladi:

— Moddiy ahvoli ogʻir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (BHMning 4 baravarigacha – 1,2 mln soʻmgacha) beriladi;

— Yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʻqitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi (bir oygacha BHMning 4, bir oydan ikki oygacha BHMning 8, ikki oydan ortiq muddatli oʻquv kurslari uchun BHMning 12 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi) qoplab beriladi;

— Tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln soʻmgacha) boʻlgan qismi qoplab beriladi;

— Respublikadagi professional taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan, shuningdek, Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchi-talabalarga toʻlov-kontrakt asosida oʻqish boʻyicha yillik xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi;

— Yoshlarga taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining 3 oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln soʻmgacha) miqdorda qoplab beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?