“Yoshlar biznesi”: 65 nafar yosh ishli boʻldi
Aholi bandligini taʼminlash borasidagi loyihalar ijrosida moliyaviy muassasalar ishtiroki muhim oʻrin tutadi. Shundan kelib chiqib, joriy yil fevral oyida mamlakatimizda birinchi boʻlib “Aloqabank” Namangan filialida davlatimiz rahbari qarori ijrosi doirasida “Yoshlar biznesi” dasturini amalga oshirish boʻyicha viloyat shtabi ochilgan edi.
Oʻtgan davr mobaynida ayni masala yuzasidan izchil ish olib borilyapti. Yigit-qizlarning maqsadli loyihalari, ularning oʻzini oʻzi band qilishiga moʻljallab kreditlar berilayotir. Jumladan, yoʻlovchi tashish xizmatiga jalb etish maqsadida 113 nafar yoshga “Damas” rusumli avtomobillar xarid qilish uchun 11 milliard soʻmdan ziyod imtiyozli kredit ajratildi.
Kuni kecha ulardan 65 nafariga yangi “Damas” kalitlari tantanali ravishda topshirildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring