“Yosh kitobxon” tanlovining sirdaryolik gʻolibiga viloyat hokimi tashakkur bildirdi

22:00 12 Aprel 2022 Jamiyat
674 0

Foto: Халқ сўзи

Guliston shahrida “Yosh kitobxon” respublika tanlovining 15-19 yosh toifasidagi bahslarida birinchi oʻrinni olgan, Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlangan Guliston davlat universiteti talabasi Yorqinjon Hayitboyev keng jamoatchilik ishtirokida tantanali kutib olindi.

Unda Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev Yorqinjonning ota-onasiga viloyat hokimligining tashakkurnomasini topshirdi. Gʻolib kitobxonga kitobsevar tadbirkor homiyligida oʻn million soʻm pul mukofoti ham berildi. Shuningdek, Yorqinjon Hayitboyev yashayotgan mahallada “book-cafe” tashkil etilishi maʼlum qilindi. Ushbu kutubxona hozircha 10 ming nusxa adabiyot bilan toʻldirilib, uni yuritish vazifasi Yorqinjonning onasiga topshiriladigan boʻldi.

«Mazkur ziyo maskani kelgusida yosh shoir Yorqinjon Hayitboyev va boshqa ijodkorlar ishtirokidagi mushoiralar, badiiy-adabiy tadbirlar oʻtkaziladigan hamda kitobxonlikni targʻib qiladigan, qishloqdagi oʻziga xos maʼnaviyat-maʼrifat markazi boʻlib xizmat qiladi», deya taʼkidlandi tantanada.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер