Yosh xokkeychilarimiz muddatidan avval qitʼa chempionligiga erishdi

17:38 15 Mart 2023 Sport
786 0

Foto: Халқ сўзи

Joriy yilning 15-mart kuni yosh xokkeychilarimiz Moʻgʻulistonda davom etayotgan qitʼa chempionatining 4-turida musobaqada 3 ochko bilan 5-oʻrinda borayotgan Tailand terma jamoasini magʻlub etib, muddatidan avval chempionlikka erishdi. Oʻzbekiston — Tailand-10:2.

Endi hamyurtlarimiz ertaga, 16-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari jamoasi bilan soʻnggi tur bahslarida roʻbaroʻ keladi.

Eslatib oʻtamiz, qitʼaning 6 ta davlat terma jamoasi qatnashayotgan chempionatda hamyurtlarimiz oʻtgan tur bahslarida Turkmanistonni 5:0, Eronni 14:1, Moʻgʻulistonni 7:4 hisobida dogʻda qoldirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?