Yosh futbolchilar yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazmoqda

11:15 05 Avgust 2022 Jamiyat
424 0

Foto: Xalq so‘zi

Qashqadaryo viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasining yosh futbolchilari yozgi taʼtilni Yakkabogʻ tumanida joylashgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi oromgohda mazmunli oʻtkazmoqda.

Togʻ bagʻrida joylashgan soʻlim va bahavo maskanda yosh futbolchilar dam olish bilan birga mamlakatimizdagi futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtadigan Oʻzbekiston chempionatiga ham puxta tayyorgarlik koʻrishmoqda, oʻquv-taktik mashgʻulotlarda ishtirok etishmoqda.

— 154 nafar yosh futbolchidan har birining individual qobiliyatini rivojlantirib borishga harakat qilyapmiz,— deydi futbol akademiyasi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Shavkat Roʻziyev. — Eng quvonarlisi, futbol akademiyamizda tahsil olgan 3 nafar yosh futbolchi Superliga aʼzosi - “Nasaf” futbol klubida, 16 nafar tarbiyalanuvchi Pro-ligada ishtirok etayotgan “Shoʻrtan” futbol klubida oʻynamoqda.

Joriy yilda futbol akademiyasini 29 nafar tarbiyalanuvchi bitirib, ayni paytda bir qator jamoalarda toʻp surish uchun koʻrikdan oʻtishmoqda.

 

Faxriddin BOZOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер