Yosh dzyudochilarimiz Osiyo ochiq kubogini birinchi oʻrinda yakunlashdi
Poytaxtimizda 4 kun davom etgan dzyudo boʻyicha Osiyo ochiq kubogi oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida ogʻir vazn toifasidagi yosh sportchilar oʻrtasida bahslar oʻtkazildi.
Quvonarlisi, aksariyat vazn toifalaridagi bellashuvlar oʻzbekistonlik dzyudochilarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻsmirlar toifasida yurtdoshlarimiz 12 ta oltin, 11 ta kumush va 20 ta bronza medali bilan peshqadamlik qilishgan boʻlsa, yoshlar oʻrtasidagi bahslarda 11 ta oltin, 12 ta kumush va 18 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.
Musobaqaning taqdirlash marosimida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring