“Yogʻochning boʻshini qurt yeydi. Boʻsh boʻlmanglar”. Ochilboy Ramatov Toshkent viloyatida yigʻilish oʻtkazdi

Arxiv foto
Nurafshon shahrida viloyat faollari, masalaga taalluqli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Ochilboy Ramatov raisligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur yigʻilish davlatimiz rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlarning ijrosi muhokama qilindi, jarayonning borishi boʻyicha masʼullarning hisoboti tinglandi.
“Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratilgan bir trillion yuz milliard soʻmni tiyin tiyinigacha maqsadli sarflashimiz kerak.
Yogʻochning boʻshini qurt yeydi. Boʻsh boʻlmanglar. Ayniqsa, davlatning yerini, binosini qachondir qop-qop vaʼda berib kimdir olgan boʻlsa, hozirgi vaqtda ishlatmasdan kelayotgan boʻlsa, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrish kerak. Kerak boʻlsa, qoʻlidan ish keladigan investorlar topamiz. Davlatimizning rivojlanishiga xalal berishga hech kimning haqi yoʻq!
Toshkent shahrini suv bilan taʼminlaydigan viloyatning oʻzida ichimlik suvi muammo boʻlsa, buni qanday tushunish mumkin?
Shuning uchun, davlat rahbari tomonidan viloyatga ajratilgan mablagʻ, eng avvalo, ichimlik suvi muammosini hal qilishga yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, yoʻlsozlik, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi kabi sohalar ham respublika byudjetidan ajratilgan mablagʻni yoʻnaltirishda ustuvorlik kasb etadi.
Bu ishlarni bekamu koʻst amalga oshirish uchun viloyat rahbarlari atrofiga xalq, viloyat faollari birlashishi kerak”, dedi Bosh vazir oʻrinbosari oʻz soʻzida.
Shuningdek, mablagʻlarni sarflanishi, amalga oshirilayotgan ishlar haqida xalqni xabardor qilib borish, jarayonning ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida, OAV bilan faol hamkorlik qilish tavsiya etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring