Yodgorliklarga hurmatsizlik yoki ularni tahqirlash bilan munosabatda boʻlish holatlariga chek qoʻyiladi

13:17 02 Mart 2022 Jamiyat
1251 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqilmoqda.

Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi qabul qilinishi bilan jamiyatda xalqimizga xos boʻlgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, muqaddas qadamjolarimizning munosib saqlanishiga erishiladi. 

Yurtimiz hayotiga oid muhim tarixiy voqealarga bagʻishlangan, atoqli davlat va jamoat arboblari, milliy qahramonlarimizning xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan yodgorliklarga hurmatsizlik yoki ularni tahqirlash bilan munosabatda boʻlish holatlarining oldi olinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?