Yashirilgan dorilar fosh etildi

10:58 12 Oktyabr 2023 Jamiyat
224 0

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, qoʻshni mamlakatdan yurtimizga kirib kelayotgan fuqaro xatti-harakatlari bojxona xodimlarining eʼtiborini tortdi. Oʻtkazilgan shaxsiy koʻrik natijasida fuqaroning qorin qismiga hufiyona joylashtirilgan, 32 dona “Reamberin Meglyumina natriya” nomli dori vositalarini borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida “Dorilar va farmasevtika faoliyat haqida” Qonuniga muvofiq, dori vositalarini realizatsiya qilish faqat dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер