“Yashil makon” loyihasida tadbirkorlar ham faol ishtirok etmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Shu kunlarda respublikamiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlari avj pallada. Jumladan, Andijon viloyatida ham joriy mavsumda 34 turdagi 6,5 million tup koʻchat ekish rejalashtirilgan. Jarayonda tadbirkorlar faolligi yanada oshgan. Jalaquduq tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni masʼullari ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuvda bu borada amalga oshirilishi zarur boʻlgan jihatlarga eʼtibor qaratildi.
— Koʻchat oʻtqazish oson, uni daraxtga aylantirish qiyin, – deydi devon bosh inspektori Murodjon Hoshimov. — Shu bois bugun biz oʻtqazgan koʻchatlar ertaga daraxtga aylanib, atrof-muhitga ijobiy taʼsir koʻrsatishi uchun uning parvarishiga ham masʼul boʻlishimiz kerak. Uchrashuv davomida tumanda faoliyat olib borayotgan 1690 ta tadbirkorlik subyekti vakillari bilan shu mavzuda aniq qarorga kelishib oldik. Yaʼni, tuman boʻyicha ekiladigan 399 ming 800 tup koʻchatning parvarishi, agrotexnik tadbirlari qatʼiy nazoratga olinishi yuzasidan tegishli choralarni belgilab oldik.
Tadbir ishtirokchilari shu kuni tumandagi “Harir tola” MCHJda boʻlib, koʻchat ekish ishlarida qatnashdilar.
— Ushbu korxona ipakchilik yoʻnalishida faoliyat olib borishi tufayli unga tegishli boʻlgan maydonga tut koʻchatlari ekildi, – deya izoh berdi devon mutaxassisi Nodirbek Mamatov. — Bunda uning tuman iqlimiga mosligi, kasalliklarga chidamliligi, kam xarajat talab qilish xususiyatlarini hisobga oldik. Zero, bugun ekilgan koʻchatlar viloyatda pillachilik sohasini rivojlantirishda muhim omil vazifasini oʻtashi ishonamiz.
Shu kuni tadbir ishtirokchilari tomonidan 200 ming tup koʻchat ekildi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring