“Yashil makon” loyihasida Fargʻona tajribasi

Foto: "Xalq so'zi"
“Yashil makon” loyihasi doirasida Fargʻona viloyati markazida barpo etilayotgan Ekoshahardagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga noyob manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekish tadbirlari davom etmoqda.
Ekoshahar hududida 40 ming aholi istiqomat qilishi uchun koʻp qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, 70 gektar maydonda mevali va manzarali bogʻ tashkil etish ham koʻzda tutilgan. Bugun viloyat hokimligi tashabbusi bilan navbatdagi hashar tadbiri uyushtirilib, Ekoshahardagi koʻkalamzorlashtirilayotgan hudud yanada kengaytirildi. Eʼtiborlisi, bogʻ maydoni tegishli tartibda korxona va tashkilotlarga boʻlib berilib, har bir koʻchatni oʻz vaqtida sugʻorish va parvarish qilishga masʼullar biriktirildi.
— Qish havosi shunday iliq boʻlib tursa, daraxt ekish tadbirlarini bir maromda davom ettiramiz, — dedi viloyat hokimi Xayrullo Bozorov. — Erta koʻklamga qadar viloyat miqyosida 15 milliondan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekib, bu borada “Fargʻona tajribasi” yaratiladi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring