“Yashil yoʻlak”dan yashirib olib oʻtilayotgan tillo taqinchoqlar fosh etildi

19:50 07 Sentyabr 2022 Jamiyat
390 0

Foto: Xalq so‘zi

Mamlakatimizga zargarlik buyumlarini olib kirishga hukumatimiz tomonidan alohida meʼyorlar joriy etilgan boʻlib, unga koʻra jismoniy shaxslar tomonidan umumiy ogʻirligi 65 grammdan oshmagan miqdorda bojxona chegaralari orqali oʻz ehtiyojlari uchun olib kirishlari mumkinligi belgilangan.

Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda yashirib olib oʻtishga boʻlgan urinishlarga tizimli ravishda qarshi kurash olib borilmoqda.

Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Shavkatjon Sotvoldiyevning maʼlum qilishicha, kuni kecha “Fargʻona” chegara bojxona posti orqali qoʻshni davlatdan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtish maqsadida harakatlanayotgan fuqaro N.N. post “kirish” piyodalar zalining “yashil” yoʻlagidan harakatlanayotgan vaqtida post xodimlarida shubha uygʻotganligi sababli toʻxtatilib “qizil” yoʻlakka yoʻnaltirildi.

Shundan soʻng unga tegishli boʻlgan qoʻl yuklari bojxona nazoratidan oʻtkazildi. Natijada fuqaroga tegishli boʻlgan sumka ichida metalldan yasalgan zargarlik buyumlariga oʻxshash tovarlar borligi aniqlandi. Koʻzdan kechirish davomida mazkur tovarlar bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan umumiy qiymati 233 million soʻmlik 518 grammga teng boʻlgan 49 turdagi zargarlik buyumlari ekanligi maʼlum boʻldi.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?