Yaponiyalik jurnalistlar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi haqida ko‘rsatuv tayyorlamoqda

16:08 27 Oktyabr 2021 Jamiyat
850 0

Foto: Ilhom Rahmatov, “Xalq so‘zi”

Yaponiyaning “En-Eych-Key” teleradio-korporatsiyasi muxbirlari Takatsuka Nao, Deka Andrey va Li E Von Surxondaryo viloyatidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazida bo‘ldi.

Xorijiy mehmonlar taʼlim markazidagi bir necha to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi. Bu yerdagi kutubxona, sport zal,  o‘quv va  laboratoriya xonalarida yaratilgan sharoitlar ularda o‘zgacha taassurot uyg‘otdi. Shu asosida yaponiyalik teleijodkorlar maxsus ko‘rsatuv tayyorlashmoqda.

- Taʼlim markazida afg‘onistonlik yoshlarning bilim olishlari va kasb-hunar sirlarini puxta egallashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar dunyo standartlariga mos ekaniga guvoh bo‘ldik. O‘zbekistonning qo‘shni afg‘on xalqining istiqboli yo‘lida qo‘shayotgan hissasi tahsinga sazovor. Albatta, ushbu markaz faoliyatini o‘z telelasturlarimiz orqali  keng yoritish niyatidamiz, -deydi “En-Eych-Key” teleradio-korporatsiyasi muxbiri Takatsuka Nao.

Ilhom Rahmatov, "Xalq so‘zi".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?