Yaponiyalik olimlar Fargʻona pillachiligi rivojini yuksak eʼtirof etishdi

11:03 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
360 0

Foto: Xalq so‘zi

Oʻtgan hafta Yaponiya poytaxti Tokio shahrida joylashgan “Agrikulture and Technology” universiteti professori Yasuxisa Kunimi boshchiligidagi bir guruh yaponiyalik olimlar mamlakatimizda keyingi yillarda pillachilik sohasida erishilayotgan yutuqlarni oʻrganishdi.

Tashrif doirasida Fargʻona viloyatida boʻlgan kunchiqar yurt vakillari qadim tarixga ega ushbu tarmoq bugungi kunda viloyatda jadal rivojlanayotganini eʼtirof etdilar.

Oʻrganishlar davomida yaponiyalik professor Fargʻona viloyatidagi «Nurli tong silk ” MCHJ korxonasi, “Muqobil ipak qurti urugʻchilik” korxonasi, “Fargʻona pilla naslchilik” MCHJ korxonasi hamda “Fargʻona tut ipak qurti” urugʻchilik korxonalaridagi ish jarayonlari bilan tanishdi. Ayni sohada hayotiy tajribalar ilm-fan yutuqlari, innovatsion gʻoyalar bilan oʻzaro uygʻun holda olib borilayotganini kuzatdi. Mahalliy sharoitda tayyorlanayotgan ipak qurtlari sifati va hosildorligini oʻrgandi.

— Bu borada fargʻonalik tadbirkorlar va soha mutaxassislari hamkorlikda erishayotgan yutuqlar tahsinga loyiq, — deydi yapon olimi. Fargʻona pillachiligidagi yangi gʻoyalar, ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari va eksport salohiyati menda katta qiziqish uygʻotdi. Ishonamizki, pillachilik sohasida doimiy hamkorlik yoʻlga qoʻyilishi har ikki tomon uchun ham birdek manfaatli boʻladi.

Botir Madiyorov,  “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?