Yaponiyada Tokio — 2020 Olimpiada mashʼalasining estafetasi start oldi

15:15 25 Mart 2021 Sport
1002 0

Bugun erta tongda Yaponiyaning Fukusima prefekturasida Tokio-2020 Olimpiada mashʼalasining estafetasi boshlandi. Tadbir J-Village stadionida start oldi, deb xabar berdi MOQ.

Estafetani 2006-2016-yillar davomida futbol boʻyicha Yaponiya ayollar terma jamoasi sharafini himoya qilgan Azusa Ivasamidzu boshlab berdi. Estafeta 121 kun davom etadi va ushbu muddat orasida Yaponiyaning barcha prefekturalaridan olib oʻtiladi. Shundan soʻng mashʼala 23-iyul kuni Tokiodagi Olimpiya stadioniga olib kiriladi va 8-iyul yopilish marosimigacha alanga oladi.

Eslatib oʻtamiz, Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari oʻtgan yilning 24-iyul — 9-avgust kunlari boʻlib oʻtishi kerak edi. Koronavirus pandemiyasi sabab Oʻyinlar joriy yilning 23-iyul – 8-avgust kunlariga qoldirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?