Yaponiyada bir bosh uzum 12,7 ming dollarga sotildi

00:08 17 Iyul 2021 Dunyo
844 0

Yaponiyaning Kanazava shahridagi kim oshdi savdosida kamdan-kam uchraydigan “Rim yoquti” navli uzumning bir boshi 1,4 million iyenaga (12,7 ming dollar) sotildi. Kyodo agentligining yozishicha, bu ushbu mahsulot narxida qayd etilgan rekord koʻrsatkich hisoblanadi.

Manbaga koʻra, ketma-ket uch yildan beri Kanazavadagi kim oshdi savdolarida “Rim yoquti” narxi boʻyicha rekord oʻrnatilmoqda.

Uzumning ushbu navi 2008-yilda yapon seleksionerlari tomonidan yaratilgan. Uning mevalarining rangi qizil, donasining kattaligi stol tennisi toʻplaridek keladi. Mevasining terisi yupqa va sersuv boʻladi. Standartlarga muvofiq, elita uzum tarkibida shakarning ulushi kamida 18 foizini tashkil qilishi kerak. “Rim yoquti” ana shu talablarga javob beradi. Shuning uchun Yaponiyada shirinliklarni sevuvchilar orasida u juda mashhur.

Yaponiyada rezavorlar va mevalarning ayrim navlari yuqori baholanadi. Ularning ayrimlari bir necha oʻn ming dollardan oshishi mumkin. Masalan, 2019-yilda “Yubari” navli qovun 45 ming dollarga sotilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?