Yaponiya va Kambodja Ukrainaga minalardan tozalashda birgalikda yordam beradi

Foto: РИА «Новости»
Yaponiya va Kambodja Ukrainaga portlamay qolgan oʻq-dorilarni yoʻq qilish va minalardan tozalashda yordam berish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayashi va Kambodja tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Prak Sokxon bu borada kelishib olgan.
Avvalroq, Yaponiya rasmiylari Kiyevga yordam koʻrsatish doirasida ukrainalik sapyorlarni tayyorlash kurslarini boshlagan edi. Kelishuvga koʻra, ukrainalik sapyorlar Yaponiyada tayyorlanadi. Tokio Polshaga ham bir necha mutaxassislarni yuborgan va u yerda ukrainalik sapyorlar tayyorlanadi.
Shu yilning 20-yanvar kuni Kambodjada Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining 10 nafar xodimi uchun minalardan tozalash boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari yakunlangan edi.
Oʻtgan yilning noyabr oyida Kanada Qurolli kuchlari instruktorlari Polshada ukrainalik sapyorlarni tayyorlashni boshlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring