Yaponiya O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun 200 mln dollar mablag‘ ajratadi

Arxiv foto
Bu haqda kelishuv Prezidentning «Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokida «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida nazarda tutilgan.
Qaror bilan 2022 yil 29 avgustda O‘zbekiston va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida O‘zbekistonda «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasini moliyalashtirish uchun 200,0 mln AQSH dollari, jumladan kredit liniyasi uchun 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik SOFR + 1,25 foiz stavkada 194,240 mln AQSH dollari; konsalting xizmatlari uchun 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik SOFR + 1,25 foiz stavkada 5,760 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz ajratilishi bo‘yicha Qarz bitimi imzolangan.
Loyihaning umumiy qiymati 323,019 mln AQSH dollariga teng, shundan 200 mln AQSH dollari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi, 58,272 mln AQSH dollari qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplab berish va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish shaklida O‘zbekistonning loyihani amalga oshirishdagi ulushi, 64,747 mln AQSH dollari loyiha ishtirokchilarining (kredit oluvchi loyiha tashabbuskorlarining) ulushidan iborat.
Loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2023 — 2028 yillar) tashkil etadi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga kreditlar o‘zbek so‘mida taqdim etiladi;
AQSH dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar O‘zbekiston respublika byudjeti hisobidan qoplanadi;
loyiha doirasida loyiha tashabbuskorlariga milliy valyutada ajratiladigan kreditlar loyiha tashabbuskorlariga Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi;
kredit mablag‘lari loyiha tashabbuskorlariga mahsulot yetishtirish, saqlash, qadoqlash, qayta ishlash, shok usulida muzlatish, logistika (jumladan yuk tashish texnikalarini xarid qilish) va boshqa quvvatlarni yaratish, oziq-ovqat sanoati loyihalariga, shuningdek, aylanma mablag‘lar uchun ajratiladi.
Belgilanishicha, loyiha O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring