Yaponiya Olimpiada oʻyinlarini bekor qilishi mumkin
Foto: Reuters
Koronavirus bilan bogʻliq vaziyat murakkablashsa Yaponiya Tokio Olimpiadasini oʻtkazishni bekor qilishi mumkin.
Bu haqda mamlakatda hukmron partiya — “Liberal-demokratik partiya”ning bosh kotibi Tosixiro Nikai aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda Yaponiya ommaviy axborot vositalari
Siyosatchining taʼkidlashicha, agar oʻyinlarni tashkil etish deyarli imkonsiz boʻlib qolsa, hukumatning uni oʻtkazishni bekor qilishdan boshqa chorasi qolmaydi.
Avvalroq Yaponiyada Olimpiada mashʼalasi estafetasi boshlangan edi. Marosim Fukusima prefekturasidagi 2011-yilgi dahshatli zilzila va sunamidan soʻng qayta tugʻilish ramzi sifatida tanlangan "J-Village" futbolchilarni tayyorlash markazida boshlandi. Estafeta Yaponiyaning barcha 47 prefekturasida tashkil etiladi.
Koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat tufayli 2020-yilda oʻtkazilishi kerak boʻlgan Olimpiada oʻyinlari 2021-yil yoziga qoldirildi. U 23-iyuldan 8-avgustgacha boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring