Yaponiya klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmaydi

18:19 09 Sentyabr 2021 Sport
1424 0

Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati Yaponiyada oʻtkazilmasligi maʼlum qilindi.

Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi (YAFA) rasmiy saytining xabar berishicha, bunga mamlakatda koronavirus tarqalishi sabab boʻlgan.

YAFA shuning uchun Jahon chempionatini oʻtkazmaslikka qaror qildi. FIFA tez orada oʻyinlar oʻtkaziladigan joyni eʼlon qiladi.

Eslatib oʻtamiz, jahon chempionati 9-19-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. YAFA tashkilotning 100-yilligi munosabati bilan musobaqani oʻtkazishni rejalashtirgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?