Yaponiya banklari “Oʻzbektelekom”ga qariyb 150 million AQSH dollari miqdorida moliyaviy koʻmak beradi

23:00 29 Yanvar 2023 Siyosat
904 0

Foto: Illustrativ foto

Yaponiyaning ommabop “Nikkei Shimbun” gazetasida “Yaponiya banklari “Oʻzbektelekom” AKga moliyaviy koʻmak beradi” sarlavhali maqola eʼlon qildi.

“Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va “Mitsubishi UFJ” banki “Oʻzbektelekom” AKga qariyb 19,3 milliard iyen (150 million AQSH dollari) miqdorida moliyaviy yordam koʻrsatadi, — deb yozadi gazeta. — Mablagʻlar Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun yapon uskunalarini xarid qilishga yoʻnaltiriladi. JBIC ikki davlat oʻrtasidagi hukumatlararo aloqalarni mustahkamlash va moliyalashtirish orqali Yaponiya mahsulotlari eksporti hajmini oshirishga koʻmaklashish niyatida”.

Maqolada aytilishicha, ushbu loyihaning operatori Yaponiyaning “Toyota sushyo” savdo kompaniyasi boʻlib, u orqali Yaponiyaning axborot-kommunikatsiya kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining uskunalari Oʻzbekistonga eksport qilinadi.

Qayd etilishicha, “Oʻzbektelekom” Oʻzbekistonda data-markaz yaratish va axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Yaponiya kompaniyalari uskunalar yetkazib berishdan tashqari texnik yordam ham koʻrsatadi.

“JBIC” Oʻzbekiston tomoniga umumiy moliyaviy resurslarning qariyb 60 foizini taqdim etadi. “Mitsubishi UFJ” banki tomonidan moliyalashtirilayotgan mablagʻlarning bir qismi xavflarni kamaytirish uchun “NEXI” davlat eksport-kredit agentligi tomonidan sugʻurta qilinadi”, deb yozgan “Nikkei Shimbun”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер