Yaponiya 3 ta taʼlim muassasasining moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida 140 ming AQSH dollari miqdorida grant mablagʻi ajratdi

Joriy yilning 28-fevral kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchisi janob Xatori Takashi ishtirokida “Inson xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kichik ijtimoiy loyihalarga koʻmak berish grantlari” dasturi doirasida qator shartnomalarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Aytish lozimki, joriy yilda Xorazm viloyatining Urganch shahridagi 1 ta umumtaʼlim maktabi va Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 2 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti Yaponiya hukumatining maqsadli grantini qoʻlga kiritdi. Qariyb 140 ming AQSH dollari miqdoridagi ushbu mablagʻlar taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirishga yoʻnaltiriladi.
Loyihaga koʻra, Urganch shahridagi 31-sonli maktab uchun oʻquvchi va oʻqituvchilarning salomatligi va gigiyenasini yaxshilashga qaratilgan chiqindi suvlarni yapon texnologiyasidan foydalangan holda toza suvga tozalash moslamasi oʻrnatiladi.
Shuningdek, loyiha doirasida Termiz shahridagi 19- hamda 28-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining sifatli taʼlim olishlari uchun muassasalardagi mavjud eski mebel jihozlarini yangilash ishlari olib boriladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 1995-yildan buyon Yaponiya hukumatining “Inson xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kichik ijtimoiy loyihalarga koʻmak berish grantlari” dasturi amalga oshirilib kelinmoqda.
Mazkur dastur doirasida respublikamizda nodavlat notijorat tashkilotlari, tibbiyot va taʼlim muassasalari, shuningdek, mahalliy hokimliklar tomonidan umumiy qiymati 29,8 million AQSH dollarini tashkil etuvchi 419 ta loyiha amalga oshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Taraqqiyotning yangi bosqichida
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring