Yapon olimlari koʻrish qobiliyatini tiklashning noyob usulini kashf qildi

10:26 18 Fevral 2023 Dunyo
732 0

Ildiz hujayralarining ajoyib xususiyati bor. Ular oʻz-oʻzini yangilay oladi. Qolaversa, qon, suyak, nerv va boshqa hujayralarga aylanish qobiliyatiga ega. Shu bois bu “mitti organizm”lar zamonaviy tibbiyotda bemor tanasidagi zararlangan hujayralarni almashtirishda qoʻllaniladi.

Yapon olimlari esa dunyoda ilk bor induksiyalangan plyuripotent oʻzak hujayralaridan koʻz shox pardasini oʻstirib, uni jarrohlik yoʻli bilan donorga koʻchirib oʻtkazishdi.

Xoʻsh, bu yangilikning nimasi olamshumul?

Gap shundaki, shu paytgacha qoʻllanilayotgan usulga muvofiq, insondan koʻchirib oʻtkazilgan koʻz shox pardasi anʼanaviy tarzda ildiz otadi. Ammo bemor tanasi donor shox pardasini rad eta boshlaydi. Chunki unda begona immunitet hujayralari mavjud boʻladi.

Yaponlar oʻtkazgan tadqiqot esa — noyob tajriba. Chunki ildiz hujayralaridan oʻstirilgan shox parda immunitet tizimidan xoli. Shu sababli uni organizm ijobiy qabul qiladi.

Qolaversa, donorlik yoʻli bilan koʻchirib oʻtkazilgan koʻz shox pardasi vaqt oʻtishi bilan qator qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Masalan, kunchiqar mamlakatda 1500 nafarga yaqin kishi shunday muammodan aziyat chekmoqda. Yangi izlanishlar ana shu murakkabliklarga barham berishi mumkin.

Shox parda epiteliysi kasalligiga chalingan 40 yoshli yapon ayoli klinik sinovga rozilik bildirdi. Operatsiyadan soʻng uning koʻrish qobiliyati tiklandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?