Yangiqiyotda yangi bogʻcha ochildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Kattaqoʻrgʻon tumani markazidan ancha olisda joylashgan Yangiqiyot mahallasida zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qurilib foydalanishga topshirildi.
Gap shundaki, 1979-yilda qishloq dala shiyponi sifatida barpo etilgan va keyinchalik bogʻchaga moslashtirilgan 64-maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi soʻnggi yillarda yaroqsiz holatga kelib qolgan edi.
Yangi bogʻchada 60 nafar bolaning tarbiyalanishi uchun barcha qulayliklar yaratildi. Loyiha qiymati 1,1 milliard soʻmga teng boʻlgan ushbu qurilish ishi hech qanday investitsion dasturlarsiz amalga oshirildi. Mahalliy tadbirkorlarning homiyligi, shuningdek, viloyat va tuman prokuraturasi, tuman hokimligi saʼy-harakati tufayli bogʻcha hashar yoʻli bilan qurib bitkazildi.
Bogʻchaning ochilishiga bagʻishlangan tadbirda tuman hokimligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yangi binoda bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar qanchaga oshirilishi maʼlum boʻldi
- Bosh prokuratura Allamjonov suiqasdiga oid qoʻshimcha axborotni ochiqladi
- DXX va Mudofaa vazirligi rahbariyatidagi tayinlovlar rasmiy eʼlon qilindi
- Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Yangihayot va Bektemir tumanlariga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring