Yangiobodda hokim va yoshlar uchrashdi

17:56 24 Noyabr 2020 Jamiyat
208 0

Jizzax viloyati Yangiobod tumani xokimligi binosida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Dastlab tuman hokimi tumanda yoshlarga oid davlat siyosati asosida navqiron avlodning zamonaviy bilim olishi, sport va boshqa yoʻnalishlarda isteʼdodini namoyon etishi, jamiyatda munosib oʻrin topishi yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning samaralari va bugungi kunda qad rostlayotgan qoʻshma korxonalar va unda yoshlarimiz bandligining taʼminlanayotganligi hamda kelgusidagi rejalar haqida qisqacha toʻxtaldi.

Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda yoshlarimiz oʻzlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan tuman hokimiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilib, savollariga amaliy javoblar olishdi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan barcha 36 ta murojaat tinglandi. Koʻpchiligi shu yerning oʻzida hal etildi va baʼzilariga belgilangan muddat bilan masʼullar biriktirilib, ijrosi tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan nazoratga olindi. 

Yuqorida koʻrsatilgan muammo va takliflarni atroflicha oʻrganib chiqib, tuman hokimi tegishli tashkilot rahbarlariga koʻrsatmalar berdi. Zero, mana shunday uchrashuvlar orqali yoshlar manfaatini taʼminlash bilan, ertangi yorugʻ kunga zamin yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?