Yangilanayotgan Bosh Qomusimizda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari qatiy himoya qilinmoqda

Foto: Халқ сўзи
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Navroʻz Rizayev va Gʻayrat Abdiyevlar mahalliy Kengash deputatlari bilan hamkorlikda joylarda turli sohalar hamda aholi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazib kelmoqda.
Uchrashuvlarda N.Rizayev va Gʻ.abdiyevlar Urgut tumanidagi tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha oʻtkaziladigan referendum yuzasidan tegishli maʼlumotlar berib boryapti.
Jumladan, mahalla fuqarolar yigʻinlari va “Urgut erkin iqtisodiy zonasi”ga qarashli korxonalarda boʻlib, mahallalar faollari, tadbirkorlar va ishchilar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda Referendumni oʻtkazish tartib-qoidalarini tushuntirish bilan birga Konstitutsiya loyihasida oʻz ifodasini topgan yangi modda va normalar xususida ham batafsil soʻz yuritdi.
Taʼkidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyamiz ilgari amal qilib kelgan “davlat - jamiyat - inson” tamoyilini “inson - jamiyat - davlat” deb oʻzgartirish, yaʼni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qoʻyishni nazarda tutadi. Shu jihatdan ham yangilanayotgan Bosh Qomusimiz fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻlaqonli taʼminlanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar, ijtimoiy soha xodimlari va fuqarolar Konstitutsiyamiz sharofati tufayli yurtimizning ertangi kunidan koʻngillari toʻq ekanliklarini, bu muhim hujjat yurtdoshlarimiz farzandlarining sogʻlom va barkamol boʻlib yetishishlari, xalqimiz farovonligi kafolati ekanligini oʻz soʻzlarida faxr va iftixor bilan tilga olmoqdalar.
Shu bilan birga joriy yilning 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumga yakdillik bilan ovoz berishlarini maʼlum qilyaptilar.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring