Yangiyoʻlda shirkat rahbari 241,5 millionni talon-toroj qildi

02:05 26 Avgust 2021 Jamiyat
508 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyoʻl tuman boʻlimi tomonidan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi “F.” uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari N.X. aholidan yigʻilgan jami 241,5 mln soʻmni shirkatning bankdagi hisob-raqamiga kirim qilmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?