Yangihayotda oʻtkazilgan tezkor tadbirda 3 nafar shaxs jami 22 kg.dan ziyod marixuana bilan qoʻlga olindi 

08:32 16 Sentyabr 2021 Jamiyat
239 0

IIV Tezkor-qidiruv departamenti Toshkent shahri Yangihayot tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijalari haqida maʼlumot berdi.

2021-yilning 12-sentyabr kuni Yangihayot tumani IIO FMB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarini qonunga xilof ravishda muomalasiga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida 1993-yilda tugʻilgan Sirgʻali tumanida yashovchi fuqaro S.M. ushlanib, yonidan vazni 508,30 gramm “marixuana” (IIBB EKM maʼlumotnomasi) giyohvandlik moddasi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shu kuni 1986-yilda tugʻilgan Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi fuqaro F.R. ushlanib, oʻzi bilan bir dona qopga solib olib kelayotgan vazni 11 kg. 739 gramm “marixuana” (IIBB EKM maʼlumotnomasi) giyohvandlik moddasi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Bundan tashqari, oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida 1987-yilda tugʻilgan Sirgʻali tumanida yashovchi fuqaro R.A. ushlanib, oʻzi bilan ikki dona qopga solib olib kelayotgan vazni 10 kilogramm “marixuana” giyohvandlik moddasi (IIBB EKM maʼlumotnomasi) aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?