Yangihayot tumanidagi 400dan ziyod ikki qavatli yogʻoch uylar buziladi

Toshkent shahridagi Yangihayot tumani hududida joylashgan 400dan ziyod ikki qavatli yogʻoch uylar buziladi va ularda yashovchi 4 mingdan ziyod xonadon yangi tuman markazida quriladigan yangi uylarga koʻchiriladi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida tuman hokimi Hayot Inogʻomov maʼlum qildi.
«Tuman markazida 149 gektar hududda xavfsizlik talablariga javob bermaydigan ikki qavatli yogʻoch uylar bor. Bular 1966-yildagi voqealar vaqtida tez fursatda qurilgan uylar, hozirgi kunga kelib koʻpchiligi avariya holatiga kelib qolgan. Biz turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda loyiha ishlab chiqyapmiz, hozir yer tanlash jarayoni ketmoqda, yer tanlangach shu yerga uylar qurib, aholini yangi uylarga koʻchiramiz. Hamma kommunikatsiyasi, sharoiti bor uylarga koʻchiriladi, sharoitini yaxshilab beramiz. Loyiha doirasida ushbu bosqichda jami 409ta avariya holatidagi uylarni buzib ulardagi 4314ta xonadonda yashayotgan mulkdorlar uchun tuman markazidan yangi zamonaviy uylar qurish rejalashtirilgan. Yangi quriladigan uylar va unda yashaydigan aholi soniga mos ravishda maktab, MTT, sport, madaniyat muassasalari qurish rejamiz bor», dedi Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogʻomov.
Maʼlumot uchun, Yangihayot tumani hududi 4 419,6 gektarni tashkil etadi va unda 150 mingga yaqin aholi yashaydi.
Inobat AHATOVA,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand viloyat sobiq DSB boshligʻi qariyb 20 yildan soʻng oqlandi
- “Bu yerda 3ta opa turibdi. Nima qilay? Yoʻqot!” Prokuratura xodimining suhbati ekanligi aytilgan audioyozuv boʻyicha bayonot berildi
- Jizzaxda maktab oʻquvchisini zoʻrlagan oʻgʻri qoʻlga olindi
- Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
- “Temir daftar”dan chiqarishning antiqa usuli
- Internet orqali behayo qiliqlar qilib, qizlarning shaʼnini bulgʻagan navoiylik yigitlar qoʻlga olindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring