Yangihayot tumanida dorixona mablag‘larini talon-toroj qilgan farmasevtning kirdikorlari fosh etildi

10:45 14 Sentyabr 2021 Jamiyat
344 0

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.” MChJ farmasevti G.O. dori vositalarini sotuvidan tushgan 114 mln so‘mni jamiyat hisob raqamiga kirim qilmasdan o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?