Yangiyer shahriga yangi hokim tayinlandi

11:38 28 Sentyabr 2022 Siyosat
546 0

Foto: Xalq so‘zi

Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi.

Viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev 2019-yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Otabek Ural oʻgʻli Nosirov nomzodini Yangiyer shahar hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

O.Nosirov 1976-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy. 1999-yilda Jizzax politexnika institutini, 2007-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

«Otabek Nosirov viloyat hokimi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan davrida bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirdi.

Toʻplagan ish tajribasi orqali Yangiyer shahrining drayver yoʻnalishlarini yaxshi biladi, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha astoydil mehnat qiladi, degan umiddamiz», — deya ishonch bildirdi Gʻofurjon Mirzayev.

Sessiyada O. Nosirov nomzodi bir ovozdan Yangiyer shahri hokimligiga tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?