Yangicha yondashuv, ijro va samara 

07:39 27 Iyul 2021 Jamiyat
564 0

Hasan PАYDOEV - “Xalq so‘zi”

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan juda ko‘p g‘oya va tashabbuslar bugun o‘z samaralarini beryapti. Xususan, sektorlar bo‘yicha ham ana shunday fikr bildirish mumkin. Mazkur noyob yondashuv muammolar bilan ishlash, aholini uylantirayotgan masalalarni yechish, xalq farovonligini oshirishda samarali ish berayotgan tizimlardan biridir. Boisi joylarda fuqarolar o‘zlariga biriktirilgan sektor rahbarlariga murojaat qilib, muammosini bartaraf etishyapti.
Xususan, Shahrisabz tuman prokurori rahbarligidagi 2-sektor ham o‘z hududidagi aholi masalalarini muntazam o‘rganib, ijobiy yechim topish choralarini ko‘rayotir.

Bugunga qadar 11 ming 345 ga yaqin xonadonlar o‘rganilib, “Аyollar daftari”ga kiritilgan 443 nafar xotin-qizlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 820 nafar yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, muammolarni hal etish choralari ko‘rilyapti. Shu bilan birga, 145 ta tadbirkorlik subʼektlarining 62 nafarida kredit olish istagi borligi aniqlandi va ularga zaruriy hujjatlar to‘plashga ko‘maklashildi. 36 nafar tadbirkorga esa 162 mln. so‘m miqdoridagi kredit mablag‘i ajratilishi taʼminlandi.
 “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida dolzarb muammolarni bartaraf etishning tezkor chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Shunga ko‘ra, kredit olish istagini bildirgan 78 ta xonadon aʼzolaridan 31 tasiga tikuvchilik dastgohlari harid qilishi uchun, 5 tasiga zamonaviy issiqxona qurish, 11 tasiga asalarichilikni rivojlantirish, 16 tasiga chorvachilik yo‘lga qo‘yish, 2 ta xonadonga xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida hamda 24 ta xonadonga ishlab chiqarishni shakllantirish uchun amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Sektor hududidagi har bir oilaning to‘liq moddiy-maʼnaviy muhiti xususida elektron baza shakllantirilgan. 

“Аyollar daftari” bo‘yicha hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash va ularga moddiy-maʼnaviy ko‘mak berish maqsadida 9425 nafar ayollar bilan suhbatlar o‘tkazilib, yordamga muhtoj 443 nafar xotin-qizning ro‘yxati 9 ta yo‘nalishda shakllantirildi. Ushbu daftardagi 36 nafar ayolga jami 221 mln. so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, 106 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollarning 106 nafari bandligini taʼminlash choralari ko‘rildi. 29 nafar boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalardagi 29 nafar ayollarga moddiy yordam ko‘rsatildi
Qolaversa, 26 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan ayollar to‘liq tibbiy ko‘riqdan o‘tkazilib, tegishli huquqiy tavsiyalar hamda bir martalik moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Bir nafar I-guruh nogironligi bo‘lgan ayolga Аyollar jamg‘armasi hisobidan 30 mln. so‘mlik mablag‘ ajratilib uy-joyini taʼmirlash ishlari ayni vaqtda boshlab yuborilgan.
Sektor aʼzolari bu kabi savobli ishlarni davom ettirib, ehtiyojmand fuqaroning o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar-joy mavjud bo‘lmagan, bir va undan ortiq nogironligi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalayotgan, yolg‘iz onalar, tibbiy himoyaga, huquqiy va psixologik maslahatga zururiyati bor ayollarning barchasiga tegishli yordamlar ko‘rsatilmoqda. Bulardan tashqari “Аyollar daftari”da turuvchi xotin-qizlarning moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida 60 nafariga bir martalik yordam ajratilishi taʼminlandi. Sektor aʼzolarining saʼyi harakatlari natijasida 349 nafar xotin-qizlar “Аyollar daftari”dan chiqarildi. Qolgan fuqarolarni ham joriy yil iyulь oyigacha moddiy taʼminotini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda. 

Bu hali hammasi emas. Pandemiya davridagi mavjud qiyinchiliklar hamda aholining kambag‘allik qatlamini bosqichma-bosqich bartaraf etish maqsadida 2020 yilda hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalar o‘rganilib, “Temir daftar”ga kiritilgandi.
Chunki ushbu fuqarolarning doimiy daromad manbaiga ega emasligi ularning moddiy taʼminotini kun sayin og‘irlashishiga olib kelayotgandi. Ular bilan o‘tkazilgan suhbatlar, ko‘rilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini berdi. 1200 ta oilaga jami 3 mlrd. so‘mdan ortiq moddiy yordam ko‘rsatildi. Sektor aʼzolari bu boradagi tadbirlarni uzluksiz davom ettirmoqda. Kishilardagi boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish, ulardagi tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishni shakllantirish uchun 13 ta xonadonga issiqxona qurilishi uchun 78.6 mln. so‘m miqdorida subsidiya ajratildi. Shu tariqa 5 ta xonadonga 30 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. 26 ta xonadonning kommunal qarzdorligi to‘lab berildi. Bunday misollar juda ko‘p. 
Yana bir muhim masala, “Yoshlar daftari”ni yuritish ham doimiy eʼtiborda. Tuman 2-sektori tasarrufida 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan 7524 nafar yoshlar qamrab olingan. Mahalla va guzarlarda istiqomat qilayotgan yoshlar orasidagi ishsizlikni bartaraf etish, ularni doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘lishini taʼminlash maqsadida har bir xonadonda muttasil suhbatlar o‘tkazilmoqda. Natijada, 820 nafar yigit-qizlarni “Yoshlar daftari”ga kiritilishi lozim topildi. Doimiy ishlash istagida bo‘lgan 190 nafar yoshning 188 nafarining bandligi taʼminlandi.

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 51 nafar yoshlarning 51 nafariga jami 576.2 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratilib tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashildi. Oltmish nafarga yaqin yoshlar esa, o‘zini-o‘zi band qilishga erishdi. Yoshlar bilan suhbatlar jarayonida asosiy eʼtibor ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik muhitini shakllantirish, xalqimizning azaliy qadriyatlari sanalmish ota-onani doimiy eʼzozlash, o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lish, sabr va muruvvat tuyg‘ularini egallash kabi noyob xislatlarga erishishiga qaratilmoqda. Chunki kishilik jamiyatini bunday fazilatlarsiz tasavvur qilish qiyin albatta. 
 Tumanimiz chorvachilikka moslashgan hudud bo‘lgani bois, 100 dan ortiq yoshlarga chorvachilikni rivojlantirish maqsadida qariyib 2 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. Аslida, Shahrisabzliklar oilasidagi xayru baraka ham doimo chorvachilikdan kelgan. Shu bois, yoshlar o‘rtasida bu halol mehnatga bo‘lgan intilish ortib bormoqda. Bugungacha bunday tashabbus bilan chiqqan 820 nafar yoshlarning 202 nafariga 50 gektardan yer ajratilishi taʼminlandi.
 “Yoshlar daftari”da turuvchilarning moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida 61 nafariga bir martalik yordam ko‘rsatilishi taʼminlandi. Bundan tashqari tikuvchilik bilan shug‘ullanish orqali o‘zini-o‘zi bandligini taьminlashni maqsad qilgan 112 nafar yoshlarga subtsidiya tariqasida eng zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi. Mana shunday saʼyi harakatlar natijasida ularning 820 nafarini “Yoshlar daftari”dan chiqarishga erishildi. 

Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarini huquqiy himoya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Tudamaydon mahallasida “Kesh Sifat G‘isht” xususiy qorxonasida “G‘isht ishlab chiqarish loyihasi” ishlab chiqilib, korxonaga tijorat banki filiali tomonidan 3 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratilishi taʼminlandi. Natijada korxonaga Xitoydan g‘isht ishlab chiqarish dastgoxlari olib kelib o‘rnatilib, pishiq g‘isht mahsluotlari ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida 30 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 
Bundan tashqari, “Oqsaroy tekstil” MChJ paxtachilik klaster korxonasi tomonidan yiliga 8500 tonna aralash ipkalavasini ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan loyhasi ishga tushirildi. Mazkur loyihaning qiymati 54 mlrd. so‘mni tashkil etib, ishga tushishi natijasida, 300 ta yangi ish o‘rni yaratilib, aholi bandligi taʼminlanadi. Shu bilan birga, 2-sektor “Qo‘shchinor” MFY hududidan “Zachkana sara bog‘lari” nomli ishlab chiqarish kooperativi tashkil etilib, 40 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi. 

Darvoqe, tuman prokurori hududdagi ijtimoiy obʼektlar faoliyatini yaxshilash, ularda zarur sharoitlar yaratishga ham jiddiy eʼtibor qaratib kelmoqda. Qushqanot mahalla fuqarolar yig‘inida 4000 metr yo‘lga qum-shag‘al aralashmasi yotqizilib, 2000 metr yo‘llari tekislangani, shuningdek, 12 kamera va 8 ta yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Bularning barchasi aholi turmushini farovon etishda muhim o‘rin tutyapti. 

“Xalq so‘zi”.
Hasan PАYDOEV olgan suratlar.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?