Farg‘ona viloyat perinatal markazida yangi bino foydalanishga topshirildi
Foto: Xalq so'zi
Farg‘ona viloyat perinatal markazida yangi qurib bitkazilgan 4 qavatli zamonaviy neonatal blok tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, keyingi yillarda yurtimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar samarasi xususida to‘xtalib o‘tdi. Buning natijasida Farg‘ona tibbiyotida ham quvonarli o‘zgarishlar bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lami kengayib borayotganini ta’kidladi.
Ayni jarayonda birgina o‘tgan 2022 yilning o‘zida viloyatda 64 ta tibbiyot muassasalarida qariyb 150 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani e’tiborga loyiq. Loyiha qiymati 19 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan ushbu bino qurilishi ham bu boradagi ezgu tashabbuslarning mantiqiy davomidir.
- Yangi binoda reproduktiv salomatlik markazi, konsultativ poliklinika, 18 o‘rinli chaqaloqlar reanimasiyasi va 20 o‘rinli sog‘ligida nuqsoni bor chaqaloqlar parvarishi bo‘limi, shahar-tumanlardan keluvchi bemor bolalar uchun 20 o‘rinli markaz hamda zamonaviy laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yildi,-deydi Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abduqayum To‘xtaqulov. – Bu yerda eng malakali tibbiyot xodimlari tomonidan kasalliklarni sifatli davolash, kasalliklar profilaktikasi kabi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatiladi.
Botir Madiyorov
“Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
- Innovatsion ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalar namoyishi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring