Yangi-yangi investorlar bilan tez-tez uchrashuvlar oʻtkazishga, sizlarning yurtimizdagi yutuqlaringizni shaxsan kafolatlashga tayyorman — Prezident

12:48 27 Aprel 2023 Siyosat
384 0

“Men xorijiy kompaniyalar va tadbirkorlar bilan koʻproq muloqot qilishga intilaman. Sizlarning gʻoya, taklif va tashabbuslaringiz menga kuch-gʻayrat beradi, yangi islohotlarga undaydi. Shu bois, yangi-yangi investorlar bilan tez-tez uchrashuvlar oʻtkazishga, sizlarning yurtimizdagi yutuqlaringizni shaxsan kafolatlashga tayyorman”, — dedi Prezident.

Investorlar huquqlarini sud orqali kafolatli himoya qilish borasida katta qadamlar qoʻyilmoqda.

Bundan buyon, tadbirkor va investorlar sudda oʻz talabining toʻgʻriligini isbotlashi shart emas. Endi davlat idorasi oʻz qarorining qonuniyligini isbotlab berishga majbur boʻladi. Yuzaga kelgan har qanday noaniqliklar esa investorlar foydasiga hal qilinadi.

Qonunlarimizda xalqaro arbitraj sudlari qarorlarini majburiy ijroga qaratish mexanizmlari mustahkamlab qoʻyildi.

“Joriy yilda ham tadbirkorlar huquqini himoya qilish boʻyicha islohotlarimiz davom ettiriladi. Jumladan, xalqaro ekspertlar koʻmagida tariximizda ilk bor Xalqaro tijorat sudi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi”, — dedi davlatimiz rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?