Yangi uylarni boshqarish dastlabki 2 yilda quruvchi tomonidan amalga oshiriladi

14:51 03 Oktyabr 2022 Jamiyat
215 0

Foto: Arxiv surat

Qurilishi tugallangan va foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uy-joyni boshqarish dastlabki 2 yilda quruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda quruvchi tomonidan boshqarish usuli tanlanadi yoki shartnomaga asosan boshqaruvchi tashkilot jalb qilinishi mumkin.

Quruvchi koʻp kvartirali uydagi joyni sotib olish istagida boʻlgan shaxslarni tanlangan boshqaruv usulidan xabardor qilishi va uy-joyni oldi-sotdi shartnomasi bilan bir vaqtda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzilishini tashkillashtirishi lozim.

Birinchi 2 yil ichida koʻp kvartirali uy-joydagi quruvchidan tashqari mulkdorlarning soni 50 foizdan oshgan taqdirda mulkdorlar tomonidan belgilangan tartibda umumiy yigʻilishning qaroriga muvofiq koʻp kvartirali uy-joyni boshqarish usuli tanlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?