“Yangi Toshkent” loyihasi doirasida qoʻshimcha 20 ming gektarda 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshi qoʻyish marosimida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Bu loyihani amalga oshirish uchun tanlab olingan hudud dengiz sathidan 500 metr baland boʻlib, shaharga yaqinligi, oʻz iqlimi, bahavoligi va ikki daryo oʻrtasida joylashgani bilan noyob hisoblanadi.
Hozirgi Toshkent 43 ming gektar hududni egallaydi. “Yangi Toshkent” loyihasi doirasida qoʻshimcha 20 ming gektarda 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga mos infratuzilma bilan taʼminlanadi.
Xususan, birinchi bosqichda 60 ming aholiga moʻljallangan koʻp qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bogʻchasi, koʻp tarmoqli shifoxona va 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi.
Yangi Oʻzbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.
Bosqichma-bosqich davlat idoralari ham Yangi Toshkentga koʻchib boradi.
Ularning hozirgi binolari oʻrnida mehmonxonalar, xizmat koʻrsatish va savdo obyektlari ochilib, Toshkent zamonaviy turizm va biznes markaziga aylanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring