Yangi tizim asosida umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarining kasb egallashiga koʻmaklashiladi

10:23 12 Avgust 2022 Jamiyat
235 0

Foto: Edu.uz

Umumtaʼlim maktablarining 10–11-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻqitish, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, kelajakda egallagan kasblari boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlariga sharoit yaratish maqsadida bitiruvchilarning kasb egallashiga koʻmaklashuvchi yangi tizim joriy etildi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari bilan hamkorlikda 10–11-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga tayyorlash boʻyicha 46 ta kasb roʻyxati tuzdi.

Ushbu kasblarni 10–11-sinf oʻquvchilariga oʻqitish uchun umumiy oʻquv yuklama soatlari, kasb murakkabligidan kelib chiqib, malaka talablari, oʻquv reja va dasturlari ishlab chiqildi.

Mazkur meʼyoriy hujjatlardan 2022/2023-oʻquv yilida 10–11-sinf oʻquvchilarini kasbga oʻrgatishda foydalaniladi.

Meʼyoriy hujjatlarni edu.profedu.uz platformasi orqali koʻchirib olish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?