Yangi texnologiya orqali indiy metalli ajratib olindi, uning 1 kilogrammi hozir jahon bozorida 230 dollarni tashkil etadi

Foto: Arxiv surat
AOKAda “Olmaliq” KMK axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva ishtirokida oʻtkazilgan brifingda kombinat mutaxassislarining ilmiy izlanishlari natijasida erishilgan yutuqlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida oʻzaro integratsiyani yoʻlga qoʻyish natijasida koʻplab yutuqlarga erishib kelinmoqda. Jumladan, kombinat mutaxassislari hamda olimlari tomonidan kuni kecha indiy metallini olish texnologiyasiga ixtiro patenti olindi.
Mineral resurslar ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Rux zavodi texnologik eritmalaridan laboratoriya sharoitida ishlab chiqilgan yangi texnologiya orqali indiy metalli ajratib olishga erishildi. Hozirgi kunda sanoat tajribalari olib borilmoqda. Mazkur ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi qonuniga koʻra, Adliya Vazirligi tomonidan foydali model patenti berildi.
Indiy metalli zargarlik buyumlarida, elektronikada, tibbiyotda, kosmik uskunalar va yarim oʻtkazgichlarda qoʻllaniladi. Shuningdek, indiy korroziyaga qarshi qoplamalar tarkibiga qoʻshiladi hamda smartfon, planshet ekran qavatini va avtomobil faralarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ushbu metallning 1 kilogrammi hozirgi kunda jahon bozorida 230 dollarni tashkil etadi.
Bugungi kunda indiy metalli Rossiya, Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Boliviya, Qozogʻiston, Kanada, Peru kabi davlatlarda ishlab chiqariladi.
Indiy metallini ishlab chiqarish boʻyicha sanoat tajribalari yakunlanganidan soʻng, joriy yilning 2-choragidan boshlab kombinatda mahsulot olinishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati jami boʻlib 14ta foydali model patentiga ega.
Misol uchun, ulardan ikkitasi 2022-yilda olindi. Bu “Oltin affinaji eritmalaridan platinani ajratib olish usuli” nomli IAP 07032 xalqaro ixtiro patenti hamda “Affinajlangan palladiyni kukun holida olish usuli” nomli FAP 45383 foydali model patentlardir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring