Yangi tashkil etilgan tuman hokimligi tanlov eʼlon qildi. Unda 6 nafar gʻolib taqdirlanadi

17:48 03 Fevral 2021 Jamiyat
471 0

Yangihayot tumani hokimligi Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538-yilligi munosabati bilan tumandagi 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida “Ajdodlar merosi” nomli ijtimoiy roliklar tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar Alisher Navoiy yoki Zahiriddin Muhammad Bobur qoldirgan meros va ularning hayotimizdagi oʻrni aks etgan ijtimoiy roliklarni 5-fevral, soat 12:00ga qadar @ajdodlar_merosi_bot ga yuborishlari kerak boʻladi.

Tanlov shartlari:

Roliklar professional kamera, shuningdek, mobil telefonlarda suratga olingan boʻlishi kerak.

Rolik xronometraji 3 daqiqadan oshmasligi kerak.

Rolik hajmi 20 megabaytdan koʻp boʻlmasligi kerak.

Gʻoliblarni aniqlashda kreativlik, mazmun va mohiyat mosligi, shuningdek, adabiy til meʼyorlariga amal qilingani kabi omillar hisobga olinadi. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosiga bagʻishlangan ijodiy ishlar alohida baholanadi. Ijodiy ishlar haʼkamlar hayʼati tomonidan baholanib, gʻoliblar aniqlanadi.

Tanlov gʻoliblarini tuman hokimining qimmatbaho sovgʻalari kutmoqda:

1-oʻrin: Noutbuk

2-oʻrin: Planshet

3-oʻrin: Smartfon

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?