Yangi tashkil etilgan korxonalar soni yuqori boʻlgan hududlar maʼlum qilindi

11:29 17 Avgust 2021 Jamiyat
193 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021-yil yanvar-iyul oylarida (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) jami 61 612 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.

Bu oʻtgan yilning mos davriga qaraganda 6 301 taga koʻp.

Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

  • Toshkent shahri – 10 296 ta
  • Qashqadaryo viloyati – 7 186 ta
  • Samarqand viloyati – 6 322 ta
  • Fargʻona viloyati – 5 438 ta
  • Toshkent viloyati – 5 249 ta
  • Namangan viloyati – 3 838 ta
  • Andijon viloyati – 3 681 ta
  • Surxondaryo viloyati – 3 622 ta
  • Buxoro viloyati – 3 501 ta
  • Qoraqalpogʻiston R. – 2 859 ta
  • Jizzax viloyati – 2 771 ta
  • Xorazm viloyati – 2 685 ta
  • Navoiy viloyati – 2 663 ta
  • Sirdaryo viloyati – 1 501 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?