Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini barcha boʻgʻindagi davlat fuqarolik xizmatchilariga yetkazish maqsadida oʻquv-seminarlar boshlandi

20:21 08 Sentyabr 2023 Jamiyat
391 0

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi va Adliya vazirligi hamkorligida tashkil etilayotgan oʻquvlar start oldi.

Jarayon barcha vazirlik, idoralar va ularning quyi tuzilmalari, hokimliklarda joriy yilning 27-sentyabriga qadar davom etadi. Oʻquv Davlatimiz rahbarining “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-67-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Seminarlar natijadorligini oshirish maqsadida tajribali mutaxassislardan iborat maxsus ekspertlar guruhi shakllantirildi.

Maqsad — boshqaruvda konstitutsiyaviy normalarning ijrosini toʻliq taʼminlash, ularni davlat xizmatchisining har kunlik faoliyatiga tatbiq etish, pirovardida “inson qadri” tamoyili asosida xalqqa xizmat koʻrsatishning sifat darajasini oshirishga erishish.

Maʼlumot uchun: bugun Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligida seminarlar tashkil etildi va 2 ming nafardan ortiq davlat xizmatchilari qamrab olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?