Yangi saylovlar – yangi Oʻzbekiston

Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” vaOʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi hamkorligida “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Unda Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari, bank xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimiz muhim siyosiy jarayonlar arafasida ekanligi, 22-dekabr kuni parlamentga va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga oʻtkaziladigan saylovlarda qaysi sohada faoliyat yuritishidan qatʼi nazar har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozimligi taʼkidlandi.
Qayd etildiki, bu yilgi saylovlarning “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida oʻtkazilishida chuqur maʼno bor. Mazkur saylovlarning natijasi va yakunlari yangilanayotgan Oʻzbekistonning taqdiri uchun dolzarb ahamiyatga ega.
Ayni vaqtda “Qishloq qurilish bank” tizimidagimavjud 42 ta filialda 3 mingdanortiqxodim ishlamoqda. Bankxodimlari oʻznavbatida saylovchi hamdir. Shu boisdan bank rahbariyati xodimlarning saylovlargaoid bilimlari va koʻnikmalarini oshirishga alohida eʼtibor bermoqda. Shu kunlarda bankning barcha filiallarida saylov qonunchiligiga bagʻishlangan targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
- Kuni kecha bank-moliya sohasini tartibga soluvchi qator qonunlar, xususan, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi, - dediATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Shuhrat Oripov. - Bu qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat koʻp jihatdan yangidan shakllanadigan parlament faoliyatigauzviy bogʻliq. Mana shu jihatlar bugungi kunda bank sohasida ishlayotgan xodimlarning yaqinlashib kelayotgan saylovlarda yanada faol boʻlishini taqozo etadi.
Tadbir yakunida “Qishloq qurilish bank” xodimlari Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Bank axborot xizmati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring