Yangi Qonun: Donor hamda retsipiyent qanday huquq va majburiyatlarga ega?

“Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida tirik donorning huquq va majburiyatlari ham belgilab berilgan.
Tirik donor:
— oʻzidan aʼzosini va (yoki) toʻqimasini olish amalga oshiriladigan tibbiyot muassasasidan inson aʼzosini va (yoki) toʻqimasini olish boʻyicha boʻlajak jarrohlik amaliyoti yoki muolaja munosabati bilan oʻz sogʻligʻi uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlar haqida toʻliq axborot olish;
— jarrohlik amaliyoti yoki muolaja oʻtkazilishini u boshlanguniga qadar rad etib, rad etish sababini asoslamaslik;
— oʻzidan aʼzosi va (yoki) toʻqimalari olinganligi bilan bogʻliq boʻlgan, yuzaga kelgan asoratlar tufayli davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qonunchilikka muvofiq davolanish va kuzatuvda boʻlish huquqiga ega.
Tirik donor:
— oʻz boshidan oʻtkazgan yoxud oʻzida mavjud boʻlgan kasalliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzidan aʼzosini va (yoki) toʻqimasini olish amalga oshiriladigan tibbiyot muassasasiga maʼlum qilishi;
— shifokorlarning tibbiy tavsiyalariga rioya etishi shart.
Qonunning 18-moddasiga muvofiq, Retsipiyent:
— oʻziga inson aʼzosini va (yoki) toʻqimasini transplantatsiya qilish boʻyicha boʻlajak jarrohlik amaliyoti yoki muolaja munosabati bilan oʻz sogʻligʻi uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlar haqida aʼzoning va (yoki) toʻqimaning transplantatsiyasi amalga oshiriladigan tibbiyot muassasasidan toʻliq axborot olish;
— jarrohlik amaliyoti yoki muolaja oʻtkazilishini u boshlanguniga qadar rad etib, rad etish sababini asoslamaslik;
— Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalarida reabilitatsiyadan oʻtish va kuzatuvda boʻlish;
— oʻziga inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari transplantatsiya qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan, yuzaga kelgan asoratlar tufayli Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan zarur tibbiy yordamni qonunchilikka muvofiq olish huquqiga ega.
Retsipiyent:
— oʻz boshidan oʻtkazgan yoxud oʻzida mavjud boʻlgan kasalliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aʼzoning va (yoki) toʻqimaning transplantatsiyasi amalga oshiriladigan tibbiyot muassasasiga maʼlum qilishi;
— shifokorlarning tibbiy tavsiyalariga rioya etishi shart.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ulugʻ olimning insoniy fazilatlari
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Namangan maftunkor bayramga tayyorlanmoqda
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻinlari takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring