Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasining maqsad va vazifalari YXHT tamoyillarini toʻliq aks ettiradi — Vladimir Norov

Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2022-yilning 1-dekabr kuni Lodz shahrida (Polsha) Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda YXHT va unga qarashli tuzilmalar rahbarlari, tashkilotga aʼzo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston TIV rahbari oʻz nutqida tadbir ishtirokchilariga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha jabhalarida demokratik oʻzgarishlarni chuqurlashtirishga qaratilgan keng koʻlamli va jadal islohotlar haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilganidek, joriy yilda qabul qilingan 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasining maqsad va vazifalari YXHT tamoyillarini toʻla aks ettiradi.
Oʻzbekiston inson huquqlari va qadr-qimmatini qatʼiy himoya qilish, ommaviy axborot vositalarining ochiqligini, sud hokimiyati mustaqilligi va qonun ustuvorligini, diniy eʼtiqod erkinligini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻlida qatʼiy ekani hamda YXHT bilan hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga manfaatdorligi taʼkidlandi.
V.Norov mamlakatimizda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini amalga oshirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratish va demokratik islohotlarning orqaga qaytmasligini taʼminlashga qaratilganini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring