Yangi Oʻzbekiston strategiyasida maktabgacha, maktab va oliy taʼlim tizimlaridagi vazifalar maʼlum qilindi

12:06 09 Sentyabr 2021 Jamiyat
361 0

Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi Oʻzbekiston strategiyasida maktabgacha, maktab va oliy taʼlim tizimlaridagi vazifalar quyidagilardan iborat :

- maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasi, hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkaziladi;

- maktab taʼlimi tizimi uchun oʻquv dasturlari va darsliklar ilgʻor xorijiy tajriba asosida toʻla qayta ishlanib, 2026-yilga qadar amalda joriy etiladi;

- oliy taʼlimga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga asosiy eʼtibor taʼlim sifatini oshirishga qaratiladi.2026-yilga qadar kamida 10 ta oliygoh nufuzli xalqaro reytinglarga kiritiladi;

- talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun kelgusi besh yilda qariyb 100 ming oʻrinli talabalar yotoqxonalari barpo etiladi;

- oliy taʼlimda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026-yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkaziladi.

- doktoranturaga qabul davlat buyurtmasi hamda manfaatdor tashkilotlar mablagʻlari hisobidan toʻlov-grant asosida joriy etiladi.

- olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha har ikki yilda oʻtkaziladigan umumrespublika sport oʻyinlari – Milliy olimpiada tizimi joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?