Yangi Namangan tumanida 400 nafar fuqaroning tugʻilganlik guvohnomasi yoʻqligi aniqlandi

Foto: Халқ сўзи
Bu maʼlumot hududlarni mahallabay oʻrganishlar va sayyor qabullar chogʻida qayd etildi. Ayni paytda tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi tomonidan mazkur muammoni hal etishga kirishilgan. Masalan, Yangi Namangan tumani “Guliston” mahallasida yashovchi Solijon Jalilov va Zilola Xoʻjabekovaning 2012, 2016 va 2019-yillarda tugʻilgan farzandlari nomiga yozilgan tugʻilganlik guvohnomalari ularning xonadonida tantanali ravishda taqdim qilindi.
Bu singari tugʻilish guvohnomasi vaqtida qayd etilmaganlar “Guliston”ga yondosh mahallalarda ham uchraydi. Ularning aksariyati ota-onalarning beparvoligi tufayli balogʻat yoshiga yetganiga qaramay, tegishli hujjatsiz yashab kelishgan. Misol uchun, “Saxovat” mahallasida istiqomat qiluvchi Olim Qoraboyev hamda Shoira Rizaqulovaning 5 nafar farzandi ona shaxsini tasdiqlovchi hujjat boʻlmagani sababli FXDYO boʻlimida qayd etilmagan. Oila boshligʻi murojaatidan soʻng tegishli tashkilotlarga xat chiqarilib, asoslovchi maʼlumotlar olindi. Endi toʻngʻichi 20 yosh, kenjasi ikki yoshga toʻlgan besh nafar aka-singilning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi bor.
— Oʻtgan haftaning oʻzida 15 ta tugʻilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilib, sayyor tartibda oʻz egalariga topshirildi, — deydi Yangi Namangan tumani FHDYO boʻlimi mudirasi Zulayho Otaxonova. — Yaqin vaqt ichida yuqorida tilgan olingan 400 nafarga yaqin fuqarolar ham shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻladilar.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring