Yangi Konstitutsiya Yangi Oʻzbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib berdi — Ozoda Ismoilova

17:13 08 Dekabr 2023 Jamiyat
191 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar Xorazm viloyatining shahar va qishloqlari, mahallalari, oʻquv yurtlari va mehnat jamoalarida davom etmoqda.

Bayram arafasida viloyatda bir qator madaniy-maishiy obyektlar, turar joylar, ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirildi. Urganch shahrida tashkil qilingan Konstitutsiya koʻchasi Qomusimizning mazmun mohiyatini ochib beruvchi koʻrgazmali vositalari bilan jihozlandi, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan viktorinalar va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etildi.

Bayram tantanalarining asosiy qismi Urganch shahridagi viloyat musiqali drama teatri binosida oʻtkazildi. Mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi Joʻrabek Rahimov soʻzga chiqib, barchani Konstitutsiya bayrami bilan qizgʻin muborakbod etdi.

— Xalqimizning xohish-irodasidan kelib chiqib qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz Yangi Oʻzbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi, — deydi Toshkent tibbiyot akademiyasining talabasi, Prezident stipendianti Ozoda Ismoilova. — Qomusimizning eʼtiborga molik jihati, unda inson manfaatlari davlat manfaatlaridan ustun qoʻyilganidir. Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilangan. Buning isbotini mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida xalqimizni rozi qilish, inson qadrini ulugʻlash borasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarda ham koʻrishimiz mumkin. “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil Qomusimizda belgilangan ana shu qoidalarga hamohangdir.

Bayram tantanalari viloyat sanʼat ustalari ijrosida konsert dasturi bilan davom etdi.

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер