Yangi islohotlarning mustahkam huquqiy asosi

Foto: Xalq so‘zi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi ayyomi Namangan viloyatida ham keng nishonlanmoqda.
Davlatobod tumanidagi muhtasham Madaniyat markazida boʻlib oʻtgan bayram tantanasida qonunlar ustuvor boʻlgan joyda mamlakat obod, xalq turmushi farovon boʻladi, degan ezgu hikmat kayfiyati ufurib turdi.
Tadbir avvalida Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov barchani qadrdon bayram bilan qutlab, yurtimizda amalga oshirilayotgan yangi islohotlar va ularning mustahkam huquqiy asosi xususida soʻz yuritdi. “Islohot – islohot uchun emas, inson uchun” tamoyiliga koʻra Asosiy Qonunimizga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish jarayonining ahamiyatiga alohida toʻxtaldi.
Tantana doirasida bir guruh namanganliklarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 30 yil toʻlishi munosabati bilan taʼsis etilgan esdalik koʻkrak nishoni topshirildi.
Estrada va opera xonandalari hamda yosh ijrochilarning kuy-qoʻshiqlari, qardosh xalqlar raqslari tadbirga oʻzgacha mazmun baxsh etdi.
Bayram tadbirlari viloyatning shahar va tumanlarida davom etmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring